Gugu Mbatha-Raw
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gugulethu Sophia Mbatha-Raw MBE (/ˈɡuːɡuː əmˈbætərɔː/[1][2]; 1983-yil 21-aprelda tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. Qirollik dramatik sanʼat akademiyasida oʻqiganidan soʻng u Britaniya televideniyasi va sahna asarlarida aktyorlik faoliyatini boshladi, „Doctor Who“ (2007) ilmiy-fantastik serialida va Tom Hanksning „Larry Crowne“ (2011) komediya filmida suratga tushdi, shuningdek, qisqa muddatli teleseriallar „Undercovers“ (2010) va „Touch“ (2012) ham shular qatoriga kiradi.
Gugu Mbatha-Raw | |
---|---|
Tavalludi |
Gugulethu Sophia Mbatha-Raw 21-aprel 1983-yil (1983-04-21) (41 yosh) |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2004-yildan hozirgacha |
Mbatha-Rawning yutugʻi Britaniyaning „Belle“ (2013) davriy dramasi bilan keldi, bu uchun u „Eng yaxshi aktrisa“ uchun BIFA mukofotini qoʻlga kiritdi va „Beyonds the LIghts“ (2014) romantik dramasi ham mashxurlikka yoʻl ochdi. U Jessica Swalening 2015-yilgi Nell Gwynn pyesasidagi bosh qahramon roli uchun eng yaxshi aktrisa uchun Evening Standard Theatre mukofotiga nomzod boʻldi, „Black Mirror“ antologiyasi seriyasining uchinchi faslidagi „San Junipero“ (2016) filmidagi bosh roli uchun tanqidchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi. Uning karyerasi „Miss Sloane“ (2016), „Beauty and the Beast“ (2017), „Motherless Brooklyn“ (2019), „Misbehaviour“ (2020), „Summerland“ (2020), Apple TV+ seriali „The Morning Show“ (2019) va Disney+ning „Loki“ filmlaridagi rollar bilan rivojlandi.
2017-yilda u qirolicha Elizabeth II tomonidan dramatik xizmatlari uchun Britaniya Imperiyasi ordeni (MBE) aʼzosi etib tayinlangan. 2021-yil fevral oyida Mbatha-Raw Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining (UNHCR) global yaxshi niyat elchisi etib tayinlandi.