Gretsiyada turizm
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gretsiyada turizm mamlakatdagi iqtisodiy faoliyatning asosiy elementi boʻlib, mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Gretsiya boy madaniyati va tarixi bilan 1970-yillardan beri Yevropaning asosiy sayyohlik maskani va diqqatga sazovor joyi boʻlib kelgan, bu koʻp jihatdan UNESCOning 18 ta Butunjahon merosi obyektlarida aks etgan, u Yevropa va dunyodagi eng koʻp[1] uzun qirgʻoq chizigʻiga, koʻplab orollar va plyajlarga ega mamlakat hisoblanadi[2].
Gretsiya 2015-yilda 24 million sayyohni jalb qilib, bu koʻrsatkichni 2019-yilda 31,3 millionga yetkazdi[4][5][6][7]. Bu esa Gretsiyani Yevropa va dunyodagi eng koʻp tashrif buyuriladigan mamlakatlardan biriga aylantirdi va turizm mamlakat yalpi ichki mahsulotiga taxminan 25 foiz hissa qoʻshdi[8].
Gretsiyada diniy va ziyorat turizmi, ekoturizm, konferensiya turizmi, tibbiy turizm kabi yoʻnalishlar muhim oʻrin tutib, mavsumiy turizmni ham rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Mamlakatning asosiy sayyohlik yoʻnalishlari qatoriga poytaxt Afina, Santorini, Mikonos, Rodos, Kerkira va Krit orollari, shuningdek, Xalkidise yarimoroli kiradi.