Get out
From Wikipedia, the free encyclopedia
Get out — 2017-yilda Jordan Peele tomonidan yozilgan, hamkorlikda ishlangan va rejissyorlik debyutida suratga olingan AQSh psixologik qoʻrqinchili filmi. Unda bosh rollarni Daniel Kaluuya, Allison Williams, Lil Rel Howery, LaKeith Stanfield, Bradley Whitford, Caleb Landry Jones, Stephen Root va Catherine Keener ijro etishgan. Syujet oq tanli qiz doʻstining (Williams) oilasi bilan uchrashganida hayratlanarli sirlarni fosh qilgan qora tanli yigit (Kaluuya) haqida boradi.
Get out | |
---|---|
Teatr nashri uchun post | |
Rejissyor(lar) | Jordan Peele |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Jordan Peele |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Michael Abels |
Kinematografiya | Toby Oliver |
Muharrir(lar) | Gregory Plotkin |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Universal Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 104 daqiqa |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $4.5 million[1] |
Daromadi | $255.4 million[1] |
Asosiy suratga olish ishlari 2016-yilning fevral oyida Alabama shtatining Fairhope shahrida boshlangan, keyinchalik, Barton akademiyasi va Alabama shtatining Mobile shahridagi Ashland-Palace tarixiy okrugiga koʻchirilgan. Toʻliq film 23 kun ichida suratga olingan.
Get Out filmining premyerasi 2017-yil 23-yanvarda Sundance kinofestivalida boʻlib oʻtdi va 2017-yil 24-fevralda Universal Pictures tomonidan AQSh kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film ssenariysi, rejissyorligi, aktyorlarning ijrolari va ijtimoiy tanqidlari uchun tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi. Bu yirik tijoriy muvaffaqiyat boʻlib, butun dunyo boʻylab 4,5 million dollarlik byudjetda 255 million dollar jamgʻarib, sof foydasi 124,3 million dollarni tashkil etgan, Hamda bu bilan 2017-yilning oʻninchi eng daromadli filmiga aylandi[2].
U National Board of Review, Amerika kino instituti va Time tomonidan yilning eng yaxshi oʻnta filmidan biri sifatida tanlandi. Peele 90-Oskar mukofotlarida eng yaxshi asl ssenariy uchun Akademiya mukofotini qoʻlga kiritdi, eng yaxshi film, eng yaxshi rejissyor va eng yaxshi aktyor (Kaluuya) uchun qoʻshimcha nominatsiyalar bilan ham taqdirlandi. Shuningdek, u 23-tanqidchilar tanlovida beshta, 75-Oltin Globus mukofotlarida ikkita va 71-Britaniya Akademiyasi kino mukofotlarida ikkita nominatsiyani qoʻlga kiritdi. Ushbu film ttanqidchilar tomonidan 2010-yillar va 21-asrning eng yaxshi filmlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.