Gen Digital
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gen Digital Inc. (sobiq Symantec Korporatsiyasi va NortonLifeLoc) bosh qarorgohi Tempe, Arizona va Praga, Chexiya shaharlarida joylashgan koʻp millatli dasturiy taʼminot kompaniyasi. Kompaniya Kiberxavfsizlik Dasturlari va xizmatlarini taqdim etadi. Gen Fortune 500 kompaniyasi va S&P 500 fond bozori indeksining aʼzosi. Kompaniya, shuningdek, Pune, Chennai va Bangalorda rivojlanish markazlariga ega. Uning portfeliga Norton, Avast, LifeLock, Avira, AVG, ReputationDefender va CCleaner dasturiy mahsulotlar kiradi.
Sobiq nomi |
|
---|---|
Turi | Ochiq |
Xizmatlari | Kompyuter xavfsizligi |
Tarmogʻi | Kompyuter dasturi |
Qachon asos solingan | 1-mart, 1982-yil (42 yil avval) (1982-03-01) in Sunnyvale, Kaliforniya, AQSH |
Joylashuvi | |
Hududiy xizmati | Global |
Asoschi(lari) | Gary Hendrix |
Rahbariyat |
|
Mahsulot(lar)i | Kiberxavfsizlik dasturlari |
Brendlari |
|
Aylanma daromadi | AQSh$2,79 mlrd |
Operatsion foydasi | AQSh$1,01 mlrd |
Boyligi | AQSh$6,94 mlrd |
Sof foydasi | 554 000 000[1] |
Ishchilar soni | tax. 2,700 |
Vebsayti | gendigital.com |
2014-yil 9-oktabrda, Symantec 2015-yil oxirigacha ikkita mustaqil ochiq kompaniyaga boʻlinishini eʼlon qildi. Bir kompaniya xavfsizlikka, ikkinchisi axborot boshqaruviga eʼtibor qaratadi. 2016-yil 29-yanvarda, Symantec oʻzining Veritas Technologies nomli va Symantec 2004-yilda[2] sotib olgan axborotni boshqarish boʻyicha shoʻba korxonasini The Carlyle Groupga sotdi.[3] 2019-yil 9-avgustda Broadcom Inc. Symantecning Enterprise Security dasturiy taʼminot bo‘linmasini 10,7 milliard dollarga sotib olishini eʼlon qildi va kompaniya NortonLifeLock nomi bilan mashhur bo‘ldi.[4] 2022-yil sentabrida Avast bilan birlashishni tugatgandan so‘ng kompaniya Gen Digital Inc. nomini oldi.[5]