Elektrogitara
From Wikipedia, the free encyclopedia
Elektrogitara — torli cholgʻu asbobi, gitaraning bir turi. Elektrogitaralar ovoz oluvchilar orqali metal torlarning tebranishini elektr audio signallarga aylantiradi. Elektrogitaradan chiqqan signal radiokarnayga toʻgʻridan-toʻgʻri ulash uchun juda kuchsiz boʻlgani sabab bu signal radiokarnayga berilishidan avval kuchaytiriladi. Elektrogitaradan chiqqan signal elektron signal boʻlgani uchun uni osonlik bilan elektron sxemalar yordamida turli xil qilib oʻzgaritish mumkin. Signalni oʻzgartirishning ikki keng tarqali usuli ovozni buzish (inglizcha distortion) va aks sado (inglizcha reverb) effektlaridir.
Gibson Les Paul elektrogitarasi (1954) | |
Torli asbob | |
---|---|
Turi |
Torli asbob |
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi |
321.322 (Kompozit xordofon) |
Registri | |
(standart sozlangan gitara) |
Elektrogitara 1931-yil ixtiro qilingan. Keyin bu asbob jazz musiqachilari orasida tezlik bilan keng tarqagan. Bugunga kelib elektrogitara pop musiqaning eng muhim asbobiga aylandi.[1] Zamonaviy elektrogitaralar minglagan ovoz chiqara oladi. Elektrogitara yana rok va musiqaning boshqa turlarining rivojlanishidagi muhim omillardan biridir.