Bollywood
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hind kinosi, koʻpincha Bollywood deb atalib, Hindiston'ning Mumbay shahrida (sobiq Bombay) joylashgan kinostudiyadir. Shuningdek, "Bombay" va "Hollywood" portmantori boʻlgan ushbu termin, boshqa Hindiston tillari'dagi filmlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, hamda, ishlab chiqarish markazlarini oʻz ichiga olgan Hindiston'ning yirik kino ishlab chiqaruvchi (Indywood nomi bilan ham tanilgan) qismi hisoblanadi.
Raja Harischandra | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Dadasaheb Phalke |
Rollarda |
|
Kinematografiya | Trymbak B. Telang |
Muharrir(lar) | Dadasaheb Phalke |
Studiya(lar) | Phalke Films kompaniyasi |
Davomiyligi | 40 daqiqa |
Mamlakat | Hindiston |
Hind filmlari tarixi 1899-yildan qisqa metrajli, hujjatli filmlardan H.S.Bxatvadekar nomi bilan mashhur fotograf tomonidan suratga olingan, mashhur nom ostidaa Save-Dada[1].Birinchi toʻliq metrajli hind filmi 1913-yilda Dadasheb Phalke tomonidan suratga olingan Raja Xarishchandra edi, ovozsiz film boʻlgan, subtitrlari ingliz va hind tillarida boʻlgan boʻlsa-da, u koʻpincha Marathi tilidagi kino deb ataladi, chunki barcha aktyorlar va xodimlar marathida soʻzlashishar edi. 1910-yillarning oxiriga kelib Hindistonda 25 ga yaqin badiiy filmlar chiqarildi va har yili prokatga chiqarilgan filmlar soni ortib borardi.[2] 1930-yilga kelib, mamlakatda har yili 200 tagacha film ishlab chiqarilar edi.[3]