Barqaror rivojlanishning 2-maqsadi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Barqaror rivojlanishning 2-maqsadi (SDG 2 yoki Global Goal 2) "ochlikni bartaraf etish“ ga erishishga qaratilgan. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda belgilangan Barqaror rivojlanishning 17 maqsadlaridan biridir. Maqsadning mohiyati, "Ochlikni tugatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziqlanishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish[1][2]“. BRM 2 oziq-ovqat xavfsizligi, ovqatlanish, qishloqni oʻzgartirish va barqaror qishloq xoʻjaligi oʻrtasidagi murakkab oʻzaro bogʻliqlikni taminlaydi[3]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda 690 millionga yaqin odam och qolmoqda, bu dunyo aholisining 10 foizidan bir oz kamroq qismini tashkil qiladi[4]. Har toʻqqiz kishidan biri har kecha och holda uyquga ketadi, shu jumladan Janubiy Sudan, Somali, Yaman va Nigeriyada 20 million kishi ocharchilik xavfi ostida[5].
Loyiha maqsadi | “Ochlikni tugatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziqlanishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.” |
---|---|
Loyiha turi | Notijorat |
Tashkil etilgan sanasi | 2015-yil |
Asoschi(lar)i | Birlashgan Millatlar Tashkiloti |
Vebsayti | https://sdgs.un.org/ |
BRM 2 natijalarini oʻlchash uchun sakkizta maqsad va 14 koʻrsatkichdan tashkil topgan[6]. Uning beshta maqsadlari quyidagilardan iborat:
- ochlikka barham berish va oziq-ovqatdan foydalanish imkoniyatini yaxshilash;
- toʻyib ovqatlanmaslikning barcha shakllarini tugatish;
- qishloq xoʻjaligi hosildorligi, barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimlari va barqaror qishloq xoʻjaligi amaliyotlarini ta'minlash;
- urug'lar, madaniy o'simliklar, qishloq xo'jaligi va xonaki hayvonlarning genetik xilma-xilligini ta'minlash;
- investitsiyalar, tadqiqot va texnologiyalar.
Maqsadlarga erishishning uchta asosiy vositasi quyidagilardan iborat: jahon qishloq xoʻjaligi bozorlari va oziq-ovqat tovarlari bozorlari va ularning hosilalaridagi savdo cheklovlari va buzilishlarni bartaraf etish[6].
Kam ovqatlanish darajasi oʻnlab yillar davomida pasayishi kuzatilayotgan edi, lekin 2015-yildan beri bu jarayon yana koʻpayib bormoqda[7]. Bu, asosan, oziq-ovqat tizimlaridagi turli stresslar oqibatida kelib chiqmoqda, jumladan; iqlim shoklari, chigirtka inqirozi va COVID-19 pandemiyasi asosiy sabablaridir. Ushbu tahdidlar bilvosita xarid qobiliyatini va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish imkoniyatlarini pasaytiradi, bu esa aholining eng zaif qatlamlariga taʼsir qiladi va bundan tashqari, ularning oziq-ovqatdan foydalanish imkoniyatini pasaytiradi[8]. 2020-yilda 142 milliongacha odam COVID-19 pandemiyasi natijasida toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekdi[9]. Bolalarning ulgʻayishi va halok boʻlish statistikasi pandemiya bilan yomonlashishi mumkin[10]. Bundan tashqari, COVID-19 pandemiyasi „iqtisodiy oʻsish ssenariysiga qarab 2020-yil oxiriga kelib dunyoda toʻyib ovqatlanmaydiganlar umumiy soni 83 dan 132 milliongacha oʻsishi mumkin[11].“
2030-yilga borib ocharchilikni yo‘qotish maqsadiga erishish amrimahol. "Ochlik va oziq-ovqat xavfsizligining kuchayishi belgilari dunyo ochliksiz dunyo yo'lida "hech kimni ortda qoldirmaslikni" ta'minlash uchun hali ko'p ish qilish kerakligi haqida ogoh bo'lish zarur [12]." 2030-yilga kelib Afrikada toʻyib ovqatlanmaslik tugamasligi ehtimoldan yiroq emas [13][14].