Armen Sarkisyan
Armanistonning 4-prezidenti / From Wikipedia, the free encyclopedia
Armen Vardanovich Sarkissian (armancha: Արմեն Վարդանի Սարգսյան; 23-iyun 1952) – Armanistonlik fizik, texnolog va siyosatchi, 2018-yildan 2022-yilgacha mamlakat prezidenti boʻlgan[1][2].
Armen Sarkisyan Արմեն Սարգսյան | |
---|---|
Արմեն Սարգսյան | |
Armaniston Prezidenti | |
Mansab davri 2018-yil 9-apreldan – 2022-yil 1-fevralgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Karen Karapetyan (v. b.) Serj Sargsyan Karen Karapetyan (v. b.) Nikol Pashinyan |
Oʻtmishdoshi | Serj Sargsyan |
Vorisi | Vaagn Xachaturyan |
Armaniston Bosh vaziri | |
Mansab davri 1996-yil 4-noyabrdan – 1997-yil 20-martgacha | |
Prezident | Levon Ter-Petrosyan |
Oʻtmishdoshi | Hrant Bagratyan |
Vorisi | Robert Kocharyan |
Armanistonning Birlashgan Qirollikdagi elchisi | |
Mansab davri 1998-yildan – 2018-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Armen Darbinyan Vazgen Sargsyan Aram Sargsyan Andranik Margaryan Serj Sargsyan Tigran Sargsyan Hovik Abrahamyan Karen Karapetyan Hovik Abrahamyan Tigran Sargsyan |
Prezident |
Robert Kocharyan Serj Sargsyan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
23-iyun 1952-yil (1952-06-23) (71 yosh) Yerevan |
Sarkisyan xorijiy davlatning Buyuk Britaniyadagi eng uzoq muddatli elchisi boʻlib, birinchi marta 1992-1996-yillarda tayinlangan[3]. 1998-2018-yillarda ikkinchi muddat ishlagan[4]. Armanistonning Vatikan, Yevropa Ittifoqi, NATO, Niderlandiya, Lyuksemburg, Belgiyadagi birinchi elchisi boʻlgan va Yevropada „katta elchi“ maqomiga ega[5][6].
Sarkisyan Butunjahon iqtisodiy forumida energiya xavfsizligi boʻyicha global kengashning birinchi raisi boʻlgan. Koʻplab ilmiy maqolalar muallifi, xalqaro masalalar boʻyicha maʼruzachi va sharhlovchidir. Uning sharhlari va insholari Times, Financial Times, Daily Telegraph, Time jurnali, Newsweek, Hollywood Reporter va Wall Street Journal kabi nashrlarda chop etilgan[7][8].