Anne Hathaway
From Wikipedia, the free encyclopedia
Anne Jacqueline Hathaway (talaffuzi: Enn Jaklin Heteuey; 1982-yil 12-noyabrda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. Oscar, BAFTA, Oltin globus va Primetime Emmy mukofotlari sovrindori. Uning ishtirokidagi filmlar umumjahon boʻylab prokatlarda $6,8 milliard ishlab topgan.
Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Anne Hathaway | |
---|---|
Hathaway Berlin xalqaro kinofestivalida (2023) | |
Tavalludi |
Anne Jacqueline Hathaway 12-noyabr 1982-yil (1982-11-12) (41 yosh) |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1999 – hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Adam Shulman (turm. 2012) |
Bolalari | 2 |
Yopish
Hathaway Nyu-York shahrining Bruklin borosida tavallud topgan. Bolaligi New Jersey shtatining Millburn shahrida oʻtgan. Birinchi marta Get Real (1999–2000) teleserialida rol ijro etgan. Disney studiyasi ishlagan The Princess Diaries (2001) filmidagi roli ortidan olamshumul shuhrat qozongan. Rachel Getting Married (2008) filmidagi roli ortidan esa ilk marotaba „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscarga nomzod etib koʻrstilgan[1].