Alicia Keys
From Wikipedia, the free encyclopedia
Alicia Augello Cook (talaffuzi: Alisha Ojello Kuk; 1981-yil 25-yanvarda tugʻilgan) Alicia Keys (talaffuzi: Alisha Kiz) ismi ostida tanilgan amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. Pianino chalish boʻyicha tahsil olgan Keys 12 yoshida qoʻshiqlar bastalashni boshlagan boʻlib, 15 yoshga yetganida Columbia Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu studiya bilan kelishmovchiliklar ortidan u Arista Records leybli bilan, keyinroq esa J Records leybli bilan shartnoma imzoladi va 2001-yilda ilk albomi boʻlmish Songs in A Minorni chiqardi. Albom ham tanqidiy, ham tijoriy muvaffaqiyatli boʻlib, albomdagi „Fallin'“ nomli singl Keysning Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan ilk qoʻshigʻi boʻldi hamda umumjahon boʻylab 12 milliondan oshiq nusxada sotildi. Albom 2002-yilda Keysga beshta Grammy Awardni olib keldi. Uning ikkinchi albomi — The Diary of Alicia Keys (2003) ham tanqidiy va tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozonib, undagi „You Don't Know My Name“, „If I Ain't Got You“ va „Diary“ singllari muxlislar tomonidan xush qarshilandi va sakkiz million nusxada sotildi.[1] The album garnered her an additional four Grammy Awards.[2] Uning Usher bilan duet qilib ijro etgan „My Boo“ ashulasi 2004-yilda birinchi raqamli singl boʻldi. Keyingi yilda Keys ilk live (jonli) albomi — Unplugged (2005) ni ommaga taqdim etdi va tarixda MTV Unplugged albomi bilan xit-paradlarda birinchi raqamni band etgan ilk ayol xonanda boʻldi. Uning uchinchi albomi As I Am 2007-yilda chiqarildi va undagi „No One“ singli Hot 100 chartida birinchi oʻrinni zabt etdi. Albom umumjahon boʻylab yetti million dona nusxada sotilib, uchta Grammy Awardsga loyiq ham topildi. 2007-yilda Keys oʻzini aktrisalikda ham sinab koʻrdi, jumladan Smokin' Aces nomli jangari-triller janridagi filmda bosh rollardan birini jonlantirdi. U, shuningdek, Jack White bilan birgalikda James Bond haqidagi filmlardan biri boʻlgan Quantum of Solace filmi uchun „Another Way to Die“ nomli ashulani ham chiqardi.
Alicia Keys | |
---|---|
Keys 2013-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Alicia Augello Cook 25-yanvar 1981-yil (1981-01-25) (43 yosh) New York shahri, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Leybl |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Swizz Beatz (turm. 2010) |
Taʼlimi | Columbia universiteti |
Bolalari | 2 |
Janr | |
Faoliyat yillari | 1996 – hozirgacha |
Veb-sayt | https://aliciakeys.com |
Imzosi | |