Academia.edu
ilmiy tadqiqotchilar uchun ijtimoiy tarmoq veb-sayti / From Wikipedia, the free encyclopedia
Academia.edu — olimlar oʻrtasidagi hamkorlik oʻrnatish hamda oʻz ilmiy ishlarini olimlar hamda ommaga eʼlon qilish uchun tuzilgan ijtimoiy tarmoq. 2008-yil sentabr oyida ochilgan. Veb sayt ishga tushirilgandan beri foydalanuvchilar soni keskin oʻsdi va 2022-yil boshida tashrif buyuruvchilar soni kuniga taxminan 10 million nafarni tashkil etdi. Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni 180 millionni tashkil etmoqda va saytga 40 million axborot fayllari yuklangan[1].
Qisqa faktlar Joriy holati, Sayt turi ...
Academia.edu | |
---|---|
Joriy holati | faol va rivojlanmoqda |
Sayt turi | olimlar uchun ijtimoiy tarmoq |
Roʻyxatdan oʻtish | bepul, talab etiladi |
Qaysi tillarda | ingliz tilida |
Muassisi | Richard Price |
Ochilgan sanasi | sentabr, 2008-yil |
Ishchilar soni | 53 |
Joylashuv | San Francisco, California |
URL | https://academia.edu/ |
Yopish
Academia.edu tarmogʻiga Richard Price asos solgan boʻlib, taxminan 600 000 dollar yigʻgan. Investorlar orasida Spark Ventures, internet tadbirkor Brent Hoberman va boshqalar bor edi[2].