From Wikipedia, the free encyclopedia
15-G7 sammiti — 1989-yil 14-16-iyul kunlari Fransiyaning Parij gʻarbidagi La-Defense ishbilarmonlik okrugida boʻlib oʻtdi. Sammit uchrashuvlari oʻtkaziladigan joy Grande Arche boʻlib[1]. Sammit Fransiya inqilobining 200 yilligini nishonlash uchun Buyuk mudofaa arkasi da oʻtkazildi[2]. Shu sababli sammitning bu yilgisi “Ark choʻqqisi“ deb ham atalgan[3].
15-G7 sammiti | |
---|---|
Mezbon davlat | Fransiya |
Sana | 1987-yil 14-16-iyul |
Oʻtkaziladigan joy(lar) | Grande Arche |
Shaharlar | Parij |
Keyingi | 16-G7 sammiti |
Avvalgi | 14-G7 sammiti |
Avval Katta oltilik sanoati rivojlangan eng boy mamlakatlar: Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar, Kanada (1976-yildan beri[4]), Yevropa Komissiyasi (rasman 1981-yildan beri[5]) rahbarlarining norasmiy forumi edi[4]. Ushbu sammit va undan keyin boʻladigan boshqa sammitlar kengroq xalqaro institutlar bilan rasmiy ravishda bogʻlanishi kerak emas edi. Va aslida, boshqa xalqaro uchrashuvlarning qatʼiy qarorlari sababli oʻziga xos umidsizlikka uchragan Fransiya prezidenti va Gʻarbiy Germaniya kansleri oʻrtasidagi hamkorlikning natijasi oʻlaroq tashkil etilgan edi[6].
G7 Kanada, Yevropa Komissiyasi, Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh rahbarlari uchun norasmiy yillik forumdir[5].
Bu yilgi sammit AQSh prezidenti Jorj H. W. Bush uchun birinchi sammit boʻldi va Italiya Bosh vaziri Ciriaco De Mita uchun soʻnggi sammit boʻldi. Bu, shuningdek, Yaponiya Bosh vaziri Sōsuke Unoning ilk va soʻnggi sammiti boʻldi.
Ushbu sammit ishtirokchilari xalqaro forumning hozirgi „asosiy aʼzolari“ hisoblanadi[7][1][8]:
G7 sammiti ishtirokchilari Mezbon davlat va yetakchisi qalin matn bilan koʻrsatilgan. | |||
Aʼzolar | Vakillar | Lavozimi | |
---|---|---|---|
Kanada | Brian Mulroney | Bosh vazir | |
Fransiya | François Mitterrand | Prezident | |
Gʻarbiy Germaniya | Helmut Kohl | Kansler | |
Italiya | Ciriaco De Mita | Bosh vazir | |
Yaponiya | Sōsuke Uno | Tashqi ishlar vaziri | |
Birlashgan Qirollik | Margaret Thatcher | Bosh vazir | |
Qoʻshma Shtatlar | George H. W. Bush | Prezident | |
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati | Jacques Delors | Komissiya prezidenti | |
François Mitterrand | Kengash raisi |
Parijda boʻlib oʻtgan ushbu sammitda oʻndan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari ham ishtirok etdi[9].
Sammit uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish imkoniyat sifatida koʻrilgan. Amalda, sammit, shuningdek, uning a'zolari uchun qiyin iqtisodiy qarorlar oldida bir-birlariga oʻzaro dalda berish imkoniyati sifatida oʻylab topilgan[6]. Ushbu sammitda muhokama qilingan masalalar quyidagilardan iborat edi:
Sammitning kun tartibi va maqsadlarini belgilash muhim boʻlsa-da, oʻsha maqsadlar ustidagi sammitdan keyingi harakatlar ham muhimdir. Va aynan mana shu sammitning asosiy kamchiligi boʻlib qolmoqda[10].
Ushbu sammitning aralash merosining ramzi - Grande Arche binosidir. Binoning umumiy xarajatlari 3,74 milliard frankni tashkil etdi, ularning 5,7 foizidan tashqari barcha qismi xususiy investorlar tomonidan qoplanadi[2], va shunga qaramay, 2001-yilda bino jabhasining qismlari qulab tushdi[11]. Frommerning 2010-yildagi sharhi uni „siyosatchining ahmoqligi“ (inglizcha: politicianʼs folly) sifatida tavsiflaydi[12].
1989-yilda sammit rahbarlari „dunyo oʻrmonlari koʻlamini saqlab qolish uchun barqaror oʻrmonlarni boshqarish amaliyotini qabul qilish“ ga chaqirdilar, ammo qaror boʻyicha qilingan ishlar haqida juda kam dalillar mavjud[13].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.