From Wikipedia, the free encyclopedia
Ў — oʻzbek kirill alifbosining oʻttiz ikkinchi harfi. Til orqa, oʻrta keng, lablashgan unli tovushni ifodalaydi (ushbu unlining maʼno farqlovchi til oldi varianti ham ayni shu harf bilan ifodalanadi, yaʼni alohida belgiga ega emas). Qoʻllanishiga koʻra uncha faol boʻlmagan bu harf oʻzbekcha soʻzlarning asosan 1-boʻgʻinida uchraydi: oʻrdak, oʻrik, oʻroq, moʻgʻul, toʻgʻri, qoʻrqoq kabi; oʻzlashma soʻzlarda esa oxirgi boʻgʻinlarda ham qoʻllanishi mumkin: gulroʻ, obroʻ, roʻbaroʻ. Har qanday undosh bilan yonmayon kela oladi. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda oʻziga xos belgi-shakllarga ega.
Kirill alifbosi harfi Ў | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Kirill yozuvi | |||||||
А | Б | В | Г | Ґ | Д | Ђ | |
Ѓ | Е | (Ѐ) | Ё | Є | Ж | З | |
Ѕ | И | (Ѝ) | І | Ї | Й | Ј | |
К | Л | Љ | М | Н | Њ | О | |
П | Р | С | Т | Ћ | Ќ | У | |
Ў | Ф | Х | Ц | Ч | Џ | Ш | |
Щ | Ъ | Ы | Ь | Э | Ю | Я | |
Tarixiy harflar | |||||||
(Ҁ) | (Ѹ) | Ѡ | (Ѿ) | (Ѻ) | Ѣ | Ꙗ | |
Ѥ | ІѢ | Ѧ | Ѫ | Ѩ | Ѭ | Ѯ | |
Ѱ | Ѳ | Ѵ | (Ѷ) | Ын | |||
Noslavyan tillari harflari | |||||||
Ӑ | Ӓ | Ә | Ӛ | Ӕ | Ԝ | Ғ | |
Ӻ | Ӷ | Ҕ | Ԁ | Ԃ | Ӗ | Ҽ | |
Ҿ | Ӂ | Җ | Ӝ | Ԅ | Ҙ | Ӟ | |
Ԑ | Ӡ | Ԇ | Ӥ | Ӣ | Ӏ | Ҋ | |
Қ | Ҟ | Ҡ | Ӄ | Ҝ | Ԟ | Ԛ | |
Ӆ | Ԓ | Ԡ | Ԉ | Ԕ | Ӎ | Ҥ | |
Ԣ | Ԋ | Ң | Ӊ | Ӈ | Ӧ | Ө | |
Ӫ | Ҩ | Ҧ | Ԥ | Ҏ | Ԗ | Ҫ | |
Ԍ | Ҭ | Ԏ | Ӳ | Ӱ | Ӯ | Ү | |
Ұ | Ҳ | Ӽ | Ӿ | Һ | Ҵ | Ӵ | |
Ҷ | Ӌ | Ҹ | Ӹ | Ҍ | Ӭ | Ԙ | |
Eslatma. Qavs ichidagi belgilar (mustaqil) harf maqomiga ega emas. |
Ў, ў — [o] tovushini aks ettiruvchi oʻzbek kirill alifbosining 30-harfi[1], hozirgi oʻzbek lotin alifbosida unga oʻ harfi mos keladi. Bu harf lotin alifbosida okina (ʻ) belgisi bilan yoziladi.
Ў harfi yozilish shakli boʻyicha У harfini takrorlaydi, Й harfiga oʻxshab qisqa belgisi qoʻshilgan.
2003-yil sentabr oyida "Belorus yozuvi kunlari"ning oʻninchi nishonlanishida Polotskda Ў harfi sharafiga yodgorlik oʻrnatildi. Birinchi yodgorlik gʻoyasi koʻp yillar davomida badiiy bosma harflarni oʻrgangan belorus kaligrafi professor Pavel Semchenkoga tegishli.
Kodlanishi | Registr | Oʻnlik kod | Oʻn oltilik- kod | Sakkizlik kod | Ikkilik kod |
---|---|---|---|---|---|
Yunikod (yaxlit) | Bosh harf | 1038 | 040E | 002016 | 00000100 00001110 |
Kichik harf | 1118 | 045E | 002136 | 00000100 01011110 | |
Yunikod (ajralgan) | Bosh harf | 69403398 | 0423 0306 | 00410601406 | 00000100 00100011 00000011 00000110 |
Kichik harf | 71500550 | 0443 0306 | 00420601406 | 00000100 01000011 00000011 00000110 | |
ISO 8859-5 | Bosh harf | 174 | AE | 256 | 10101110 |
Kichik harf | 254 | FE | 375 | 11111110 | |
KOI 8 (ayr. var.) | Bosh harf | 190 | BE | 276 | 10111110 |
Kichik harf | 174 | AE | 256 | 10101110 | |
Windows 1251 | Bosh harf | 161 | A1 | 241 | 10100001 |
Kichik harf | 162 | A2 | 242 | 10100010 |
HTMLda Ў bosh harfini Ў yoki Ў kabi, ў kichik harfini esa — ў yoki ў kabi yozish mumkin.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.