Muhammad ibn Mahmud Hofiziddin al-Buxoriy — naqshbandiya tariqati namoyandasi. Buxorodagi madrasalarda tahsil olgan. Qurʼon va hadislarni, kalom ilmini chuqur oʻrgangan. Bahouddin Naqshband uni shogirdlikka qabul qilgan va porso taxallusini bergan. Bahouddin Naqshband vafotidan soʻng, uning oʻrniga tariqatga rahbarlik qilgan.