Iberiya, Iveriya — 1) Sharqiy Gruziya (Kartli) ning qad. nomi. Mil. av. 4-asr oxiri — 3-asrlarda I. hududida davlat barpo etilgan. I. ning aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullangan. Poytaxti — Msxeta, shuningdek, Urbnisi, Uplissix va b. shaharlarda kulolchilik, zargarlik va savdo rivojlangan. Mil. 337-yil da xristianlik davlat dini deb eʼlon qilingan. Mil. 4-asr oxirlarida I. Eronga tobe boʻlgan. 5-asr da I. podshohi Vaxtang I Gorgasal sosoniylarga qarshi qoʻzgʻolonga boshchilik qilgan, lekin forslar qoʻzgʻolonni bostirib shoq hokimiyatini tugatganlar hamda I. ni oʻz viloyatlariga aylantirganlar; 2) Ispaniyaning qad. nomi. Pireney ya. o. ningjan. va sharqiy qismida yashovchi tub joy aholi iberlar qabilasi nomidan olingan. I. atamasi dastlab yunon tarixchi alibi Gekatey Miletlik asarida uchraydi.