Afrikaans, bur tili — hindevropa tillari oilasidagi german tillaridan biri. JARning rasmiy tili. Asosan, JARning Transvaal, Oranj, Kap viloyatlarida, shuningdek, Namibiya, Zambiyada va boshqa qoʻshni mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 6 mln. kishiga yaqin.