Varshava
Varshava — Polsha Respublikasining poytaxti, Varshava voyevodaligining maʼmuriy markazi. Mamlakatning eng katta shahri, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy markazi. Visla daryosining har ikki sohilida joylashgan. Iqlimi moʻtadil kontinental, oʻrtacha yillik yogʻin 558 mm; yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3,5°, iyulniki 19°. Aholisi 1,79 mln. kishi (2019). Shahar 18 ta maʼmuriy rayonga boʻlingan.
Read article