Map Graph

Urgut

Urgut – Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Urgut tumanidagi shahar (1973-yildan), tuman markazi. Zarafshon togʻ tizmasining gʻarbiy davomi hisoblangan Chaqilikalon togʻining etagida, Samarqand shahridan 35 km narida, viloyatning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Ishlab chiqarish hajmi va aholisi boʻyicha Samarqand viloyatida birinchi oʻrinda turadi. 2016-yilda aholisi 65 300 kishini tashkil etgan. Shahar oʻrtasidan Urgutsoy oqib oʻtadi. Hozirgi Urgut shahri Kalangar, Gʻuzni, Kamardon, Andak, Kulollik, Soʻfiyon, Navbogʻ va boshqa nomlar bilan ataluvchi, jami yigirmata mahalladan tashkil topgan.

Read article
Fayl:Urgut_platan_grove.JPGFayl:Uzbekistan_location_map.svgFayl:Самаркандский_вилоят.GIFFayl:Urgut_Fortress.jpgFayl:UrgutMosque2020.jpg