Turkiston (viloyat)
Turkiston viloyati — Qozogʻiston Respublikasi janubidadagi viloyat. 2018-yildan buyon Turkiston viloyati deb qayta nomlandi. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Maydoni 117,3 ming km2. Aholisi 2 621 523 kishi (2012), asosan qozoqlar va oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, ozarbayjon, tojik va boshqa millat vakillari yashaydi. Markazi 19-iyun 2018-yildan buyon turkiston shahri. Viloyat tarkibida 13 ta tuman, 4 ta shaharcha, 7 ta shahar, 13 ta kent, 171 ta qishloq okrugi, 932 ta qishloqlari bor. Toshkent — Aris — Orenburg, Almati — Oris — Orenburg temir yoʻl magistralining bir qismi oʻtgan. Muhim avtomobil yoʻllari: Chimkent — Toshkent, Chimkent — Taraz, Chimkent — Turkiston — Qiziloʻrda, Avialiniyalar Chimkentni Toshkent, Moskva, Bishkek, Almati, shuningdek, viloyat tumanlari bilan bogʻlaydi. Janubiy qozogʻiston viloyatida oliy oʻquv yurtlari, 2-teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, Sariogʻoch balneologik kurorta bor.