Tirana
Tirana (Tiranë) — Albaniya poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Adriatika dengizidan 40 km masofada, togʻ oraligʻidagi vodiyda joylashgan. Tirana retining maʼmuriy markazi; alohida maʼmuriy birlik. Aholisi 245 ming kishidan koʻproq. Iklimi subtropik, iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°, yanvarniki 4–5°. Yillik yogʻin 1350 mm dan koʻproq.
Read article