Skopye
Skopye — Shimoliy Makedoniyaning poytaxti va eng yirik shahri. Skopye hududi kamida miloddan avvalgi 4000 yil avval tashkil topgan. Hozirgi zamonaviy shahar markazida joylashgan eski Skopye qal’asi ichidan neolit davriga oid turar-joylarining qoldiqlari topilgan. Dastlab Paeoniya qirolligiga qarashli boʻlgan Scupi miloddan avvalgi II asrda Dardaniyaning poytaxtiga aylandi. Milodiy 1-asr arafasida shahar rimliklar tomonidan bosib olinib, harbiy lagerga aylantirilgan. Miloddan avvalgi 395-yilda Rim imperiyasi sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlingach, Scupi Konstantinopoldan Vizantiya hukmronligi ostiga oʻtadi. Ilk oʻrta asrlarda shahar Vizantiya va Bolgariya imperiyasi oʻrtasida talash boʻldi.
Read article