Sariqamish koʻli
Sariqamish koʻli – Qoraqalpogʻiston va Turkmaniston respublikalari hududidagi koʻl. U Kaspiy dengizi va Orol dengizining oʻrtasida joylashgan. Sariqamish Turkmanistondagi eng katta koʻl boʻlib, butun koʻl hududining toʻrtdan uch qismi ushbu davlat hududiga toʻgʻri keladi. Sariqamish havzasi va Amudaryoning Sariqamish boʻyi deltasi Turkmanistonning Toshhovuz viloyatining fizik-geografik tabiat rayonlaridir.
Read article