Map Graph

Oqtoʻba (viloyat)

Oqtoʻba viloyati — Qozogʻiston Respublikasidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Maydoni 300,6 ming km2. Aholisi 786,349 ming kishi (2012), asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 54 %. Oqtoʻba viloyatida 13 maʼmuriy tuman, 7 shahar, 4 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Oqtoʻba shahri. Temir yoʻl uzunligi 1140 km. Asosiy temir yoʻllari: Orenburg — Oqtoʻba — Toshkent va Aterov — Qandagʻach — Orsk. Havo yoʻllari Oqtoʻbani Moskva, Almati va viloyatning boshqa tumanlari bilan bogʻlab turadi. Oqtoʻbadan Aterov — Orsk neft quvuri oʻtadi.

Read article
Fayl:Aktub_obl.svgFayl:Railway_substation_in_a_southeast_of_the_Aqtobe_province_of_Kazakhstan.jpgFayl:Актюбинская_область._Горы_Мугоджары._Берёзовая_роща.jpgFayl:Aict0069.JPG