Map Graph
No coordinates found

Oddiy husnbuzar

Husnbuzar — seboreyali bemorlarda uchrovchi soch qopchasi va yogʻ bezlarining surunkali yiringli yalligʻlanishidir. Kasallik koʻproq balogʻat yoshidan boshlanib, koʻproq 20-45 yoshlilar orasida uchraydi. Oddiy husnbuzar kasalligi insonlarda balogʻat yoshi davrlarida kuzatiladi. Kasallik asosan estrogen va androgen gormonlari nisbatining oʻzgarishi hisobiga, yani androgenlar miqdorining koʻpayishi va yogʻ ajralishi jarayonining kuchayishi hisobiga yuzaga keladi. Ayollarga nisbatan erkaklarda kasallik koʻproq uchraydi. Kasallikning kelib chiqishida meʼda-ichak aʼzolari kasalliklari, moddalar almashinuvi va endokrin tizimi faoliyatining buzilishi, gipovitaminozlar, qabziyat va boshqa omillar sabab boʻladi. Kasallik rivojida yogʻ bezlarining koʻp miqdorda yogʻ mahsulotini ajrata boshlashi (giperfunksiya) kuzatiladi, bunday holatlarda nafaqat yogʻ bezlaridan ajralayotgan sekretsiya miqdori oshibgina qolmay, balki uning tarkibi ham oʻzgaradi. Natijada erkin holatda boʻlgan yogʻ kislotalarining miqdori oshib, terida ishqoriy muhit vujudga keladi. Yogʻlarning chiqish yoʻllarida yogʻ mahsulotining yigʻilib qolishi hamda ularga stafilakokk, streptokokk, korinobakteriyalar va boshqa infeksion omillarning tushishi natijasida oʻchoqlarda yalligʻlanish jarayoni koʻrinarli darajada namoyon boʻladi. Yalligʻlanish jarayonini kechishi bemor organizmning individual holatiga va mikroorganizmlar miqdoriga hamda ularning virulentlik darajasiga bogʻliq boʻladi.

Read article
Fayl:Acne_vulgaris_on_a_very_oily_skin.jpgFayl:Backacne.JPGFayl:Comedo.png