Map Graph

Nottingem

Nottingem — Buyuk Britaniyaning markaziy qismidagi shahar, Nottingemshir grafligining maʼmuriy markazi. Trent daryosi boʻyida. Aholisi 282,4 ming kishi. Transport yoʻllarining yirik tuguni. Nottingem — mamlakatning yengil sanoat markazi. Toʻqimachilik, tamaki, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati korxonalari mavjud. Velosiped va mototsikllar ishlab chiqariladi. Nottingem yakinida koʻmir havzasi joylashgan. Universitet bor. XI-XIX asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shahar IX asrdan maʼlum.

Read article
Fayl:Nottingham_montage.jpgFayl:United_Kingdom_NUTS_location_map.svg