Miyonqol
Miyonqol, Miyonkolot – Oʻzbekistondagi Oqdaryo va Qoradaryo oraligʻidagi orol. Qadimda Samarqand Sugʻdi, Nim Sugʻd, Sugʻdi Xurd nomlari bilan mashhur boʻlgan. Xonliklar davrida Buxoro bilan Samarqand oʻrtasida uzunligi 12 farsang keladigan devor olingan. Miyonqol dehqonchilik uchun qulay boʻlib, Xatirchi, Payshanba, Qalʼai Dabus (Dabusiya) va boshqa shahar, qishloqlarni oʻz ichiga olgan. Keyinchalik Zarafshon vodiysining Samarqand bilan Xatirchi oraligʻidagi yerlar Miyonqol deb atalgan.
Read article