Map Graph

Magdeburg

Magdeburg – Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 239,4 ming kishi (1998). Magdeburg va avtomobil yoʻllari tuguni, Elba daryosidagi port. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-transport markazlaridan. Ogʻir mashinasozlikning yirik markazi. Magdeburgda umumiy mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, priborsozlik, daryo kemasozligi rivojlangan. Shuningdek, kimyo, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, tikuvchilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Magdeburg – mamlakatning madaniy markazlaridan: milliy teatr, Yangi shahar teatri (1876) madaniytarixiy muzey, roman cherkovi, gotika sobori va boshqa bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 805 yilda tilga olingan. 968-yildan Magdeburg arxiyepiskopligi markazi, Ganzanyant muhim shaharlaridan hisoblanadi.

Read article
Fayl:Aerial_view_of_Magdeburg.jpgFayl:Wappen_Magdeburg.svgFayl:Germany_location_map.svg