Map Graph

La-Pas

Boliviyadagi shahar

La-Pas — Boliviyadagi shahar, mamlakatning amaldagi poytaxti. LaPas departamentining maʼmuriy markazi. Markaziy And togʻlarida, 3700 m balandlikda, La-Pas daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 758,1 ming kishi (1998). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroporti bor. Boliviyaning asosiy iqtisodiy, madaniy, ilmiy va savdo-moliya markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, charmpoyabzal, mebel, sement va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Boliviya hukumati va prezidenti qarorgohi. Universitet, FA, Milliy muzey, teatrlar, rasadxona, geofizika instituti, kutubxona bor. 18-asrga oid saroy va qasrlar saqlangan. Shaharga 1548-yil ispanlar tomonidan asos solingan.

Read article
Fayl:La_Paz-center.jpgFayl:Bolivia_location_map.svg