Map Graph
No coordinates found

Globus

Globus — Yer sharining modeli, uning kichik masshtabdagi sharsimon nusxasi. Globusda Yerning geometrik konturlari va maydonlar nisbatini saqlagan holda butun yer yuzasidagi geografik obʼyektlar qiyofasi muayyan nisbatda juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. Globusda geografik haritalarda yoʻl qoʻyiladigan yoʻnalish, maydon va shakl xatoliklari boʻlmaydi. Globuslar foydalanish maqsadlariga koʻra birbiridan farq qiladi: oʻquv Globuslari, ilmiy ishlarga moʻljallangan Globuslar, transport qatnovi uchun amaliy maqsadlarda foydalaniladigan Globuslar. Masshtabi maqsadga koʻra tanlanadi. Oʻquv Globuslari, odatda, 1:83 000 000, 1:50 000 000, 1:40 000 000, 1:30 000 000 masshtabda tayyorlanadi. Shu bilan birga ulkan Globuslar ham yasalgan. Hoz. vaqtda Sankt-Peterburg sh.da saqlanadigan Globus masshtabi 1:4 000 000, Toshkentda OʻzMU geografiya fakultetidagi Globus masshtabi 1:7 000 000.

Read article
Fayl:GlobeSK.jpgFayl:Van_Deuren_Astronomer.jpgFayl:Taschenglobus.jpgFayl:Globusuhr_1586.jpgFayl:Naturalis_Biodiversity_Center_-_Museum_-_Exhibition_Earth_08_-_Huge_globe_with_Africa_showing,_overview.jpgFayl:Unisphere-cc.jpgFayl:Globenmuseum_Vienna_20091010_404.JPGFayl:MAN_Atlante_fronte_1040572.JPG