Gerrero
Gerrero — Meksikadagi shtat, mamlakatning jan.-gʻarbida joylashgan. Maydon 63,7 ming km2. Hududining katta qismini Jan. Syerramadre togʻ sistemasi egallaydi. Iqlimi tropik iqlim, oʻrtacha yillik temperatura 25°. Yiliga 800 mm gacha yogʻin yogʻadi. Aholisi 2,6 mln. kishidan koʻproq. Maʼmuriy markazi — Chilpansingo. Gerrero Meksikaning xoʻjaligi yaxshi rivojlanmagan qoloq shtatlaridan. Aholi asosan dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Uncha katta boʻlmagan konchilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Xalqaro dengiz kurorti —Akapulko avtomobil yoʻli orqali Mexiko shahar bilan bogʻlangan.
Read article