Map Graph

Gelsenkirchen

Gelzenkirxen - Germaniyadagi shahar, Shim. Reyn-Vestfaliya yerida. Aholisi 294 mingdan ziyod kishi. Emsher daryosi va ReynXerne kanali boʻyidagi yirik port. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Rur havzasining eng yirik sanoat markazlaridan biri. G.da toshkoʻmir qazib chiqarish, kokskimyo, metallurgiya sanoati yetakchi oʻrinda. Mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika, oynasozlik, neftdan mahsulotlar olish, toʻqimachilik korxonalari ham bor. G.da Germaniya konchilik sanoatining boshqarmasi joylashgan. Gigiyena instituti bor. Shahar Rur toshkoʻmir havzasining rivojlanishi munosabati bilan 19-asrning 2-yarmida vujudga kelgan. Birinchi shaxta 1858 yilda qurilgan.

Read article
Fayl:Gelsenkirchen_aug2004_002.jpgFayl:DEU_Gelsenkirchen_COA.svgFayl:Germany_location_map.svg
Nearby Places
Thumbnail
Herten
Thumbnail
Boxum