Map Graph

Forish tumani

Jizzax viloyatidagi eng yirik tuman.

Forish tumani – Jizzax viloyatidagi tuman. 1935-yil 9-fevralda tashkil etilgan. 1962-yilda Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1964-yilda qayta tashkil etilgan. Forish tumani dastlab Samarqand, 1964-yil Sirdaryo, 1974-yil Jizzax viloyatlari tarkibiga kiritilgan. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogʻiston, sharqdan Sharof Rashidov, Zafarobod, Arnasoy, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari, janubidan Gʻallaorol tumani, gʻarbdan Samarqand, Navoiy viloyatlarining Qoʻshrabot, Nurota tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 9,53 ming km². Aholisi 93,500 kishi (2020).

Read article
Fayl:Forish_tumani.jpgFayl:Forish_tumani.pngFayl:Administration_of_Forish_district.jpgFayl:Forish_tumani2.jpgFayl:Forish_masjid.jpgFayl:Road_near_Yangikishlak_(4р3Б).jpgFayl:Колледж_в_Новом_Кишлаке.JPG