Fargʻona
Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markaziFargʻona — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi. Shahar Fargʻona vodiysining janub qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi dan togʻvodiy shamoli esadi.
Read article