Map Graph

Cleveland

Cleveland AQShning Ohio shtatida joylashgan shahardir. Cuyahoga okrugi tarkibiga kiradi. Ogayo shtatida, Eri koʻlining jan. sohilida. Mamlakatning muhim sanoat, moliya va yirik madaniy markazlaridan biri. Aholisi 478 ming kishi (2000). Shahar orqali Atlantika okeani soqilini Detroyt va Chikago shaharlari bilan bogʻlovchi asosiy temir yoʻl va shosse magistrallari oʻtgan. Xalqaro aeroport bor. K. — Buyuk koʻllar sistemasidagi eng katta port. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika va radioelektronika. Qurilish materiallari va port uskunalari, stanok va uskunalar, raqsta va samolyot qismlari, sanoat va maishiy elektr jihozlari, yoʻl-qurilish mashinalari, konchilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati uchun jihozlar, dori-darmon ishlab chiqariladi. Poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, kemasozlik korxonalari mavjud. Shaharda bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, universitet (1826), ilmiy tadqiqot markazlari, muzeylar, teatrlar bor. K.ga 1796-yilda asos solingan.

Read article
Fayl:CLE_skyline.pngFayl:Flag_of_Cleveland,_Ohio.svgFayl:Seal_of_Cleveland,_Ohio.pngFayl:Usa_edcp_location_map.svgFayl:USA_Ohio_location_map.svgFayl:Cleveland_photomontage_2016.jpg