Map Graph

Boʻston (shaharcha)

Boʻston — Andijon viloyatidagi shaharcha (1983-yildan). Boʻston tumani ning markazi. Aholisi 70,3 ming kishi (2019). B. qadimgi qishloqlardan boʻlib, 1950-yilgacha Nasriddinbek deb atalgan. B.da 2 sanoat korxonasi ("Sabo tex" MCHJ toʻqimachilik zavodi va „Rash milk“ brendi ostida „Evro Ekfin“ MCHJ sutni qayta ishlash zavodi, elektr va pochta aloqasi korxonalari, 3 mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna, 2 kurilish taʼmirlash va yoʻl taʼmirlash boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Ped. va tibbiyot bilim yurtlari, hunar litseyi, madaniyat saroyi, bolalar kutubxonasi, stadion, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, 365 oʻrinli kasalxona, poliklinika bor.

Read article
Fayl:Uzbekistan_location_map.svg