Barselona
Ispaniyadagi shaharBarselona - Ispaniyadagi shahar, Kataloniya avtonom viloyatining markazi va Barselona provinsiyasining markazidir. Ispaniyaning eng katta sanoat ishlab chiqarish shahri hisoblanadi. Yevropaning eng mashhur turizm maskanlaridan biridir. Barselonada 1 608 680 kishi istiqomat qilmoqda. Aholisining soni boʻyicha Ispaniyada Madriddan keyin ikkinchi, Yevropa Ittifoqida esa oʻninchi oʻrinni band qiladi. 1992-yilda Barselona Yozgi Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2004-yilda Barselonada 2004-yilgi Jahon madaniy forumi bo'lib oʻtdi va 2010-yil mart oyida Barselona Oʻrta yer dengizi ittifoqining poytaxti boʻldi, unga 43 ta mamlakat kirdi. 2013-yilda Barselonada suv sporti boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Read article