Balear orollari
Balear orollari - Oʻrta dengizning gʻarbiy qismidagi orollar toʻdasi, Ispaniyaning Baleares muxtor viloyatini tashkil etadi. Ikkita katta orol — Malorka va Menorka orollari hamda Pitius orollari arxipelagidan iborat. Maydoni 5 ming km². Aholisi 686 ming kishi (1992), aksariyati katalonlar. Maʼmuriy markazi — Palma-de-Malorka shahri Eng baland joyi 1445 m. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta dengiz atrofiga xos iqlim. Yillik yogʻin 400 – 600 mm. Tosh dub, halab qaragʻayi va chakalakzorlar uchraydi. Aholisi subtropik dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. 15-asrdan Ispaniya tarkibida. Menorka orolda aeroport va gʻarbiy dengiz bazasi bor. Turistlar koʻp keladi, iqlim kurortlari mavjud.
Read article