Map Graph

Ardabil

Ardabil (Ardubiyl) — Eronning shimoli-sharqidagi shahar. Aholisi 290 ming kishi atrofida. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Ardabilda qadimdan gilam toʻqiladi. Shaharda Ozarbayjon meʼmorchiliginining 14-17-asrlarga oid noyob obidalari namunasi saqlangan. Ardabil yaqinida mineral buloqlar bor. Ardabilning qachon bunyod etilgani maʼlum emas. Shahar haqida dastlabki maʼlumot sosoniylarning soʻnggi vakillari davriga mansub adabiyotlarda uchraydi. Oʻrta asrlarda, ayniqsa 9 — 10-asrlarda Ozarbayjonning yirik savdo — hunarmandchilik va madaniyat markazi edi; ayrim davrlarda kichikroq, mustaqil xonliklar poytaxti boʻlgan. 1220-yilda moʻgʻul bosqinchilari tomonidan vayron qilingan.

Read article
Fayl:Ardabil_skyline1.jpgFayl:Sheikh_Safi_Addin_complex.jpgFayl:Shah_Ismail_I_Statue.jpgFayl:Sheikh_Kalkhoran_Mausoleum_2019-06-28_15.jpgFayl:Shorabil_Lake_in_2023.jpgFayl:Haft_Cheshmeh_Bridge.jpgFayl:Ardabil_historic_bazaar.jpgFayl:Iran_location_map.svg