davr
From Wiktionary, the free dictionary
From Wiktionary, the free dictionary
davr
a. دَوْر — aylanish, aylana; almashinish, navbat
1 Jamiyat taraqqiyoti-da yoki tabiatda muhim voqea, hodisa yuz bergan yoki oʻziga xos xususiyati bilan ajralib turadigan maʼlum vaqt oraligʻi. ◆ Quldorlik davri. Feodalizm davri. Kapitalizm davri. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri. Tosh davri. Temir davri. n ◆ Oʻzbe-kiston olimlari olib borayotgan arxeologik qazishmalarning tarixiy diapazoni tosh davridan to oʻrta asr oxirigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Gazetadan . ◆ Qancha davrlar oʻtsa ham, boʻyoqlari xuddi bugun surilganday yap-yangi turgan bu ajoyib binolar Boburning qalbidagi zafar zavqiga zavq qoʻshdi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Buning ustiga oʻsha davr tarixchilari Temur zabardast, xiyla chiroyli odam boʻlganini yozib qoldirganlar. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .
2 Tarixda biror shaxe yoki kishilar guruhi, sulolaning nomi bilan bogʻlangan vaqt, zamon. ◆ Temuriylar davri. Navoiy davri. n ◆ Bobur Mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulugʻbek davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa.. P. Qo-dirov, „Yulduzli tunlar“ .
3 Shaxs hayotidagi maʼlum vaqt. ◆ Yoshlik davri. Talabalik davri. n ◆ Xolidaning yoshlik davrida ayollarning koʻzi kur edi, tikanii koʻrmasdan bosardi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Oʻtgan yarim ayerli murabbiylik davrim men uchun ham katta hayot darsxonasi boʻldi, koʻp narsa oʻrgandim. Gazetadan . ◆ Oftob oyimning: “..nega qirq kokil qiliboʻrmaysan ” degan soʻrashiga: “Qizingiz endi qizlik dav-ridan oʻtib, kelinlik davriga kirdi”, deb kuldi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
4 Biror bir avlod yashagan yoki yashayotgan vaqt; ayni yashab turilgan vaqt, zamon, zamona. Oʻz ◆ davrining har yirik voqeasi Oybek ijodida yorqin aksini topdi. Gazetadan . ◆ Davrimiz har bir sohani kompleks ravishda hal etishni taqozo etyapti. Gazetadan . ◆ Choʻlquvarlar va qahramonlar davr bahodirlaridir. "Oʻzbekiston quriqlari" . ◆ Badiiylik va yangidan-yangi estetik kash-fiyotlar yaratishimizni davr taqozo et-moqda. Gazetadan . ◆ Oʻqish kerak, davr bilan birga borish kerak. "Oʻzbekiston qurikdari" . ◆ Davr taraqqiyoti institut olimlari va mutaxassislari oldiga yangi-yangi vazifalar qoʻymoqda. Gazetadan .
5 Biror ish-harakat, tadbir bajari-ladigan muayyan vaqt. ◆ Hisobot davri. n ◆ Gʻoʻza parvarishining qizgʻin davri. Har soat gʻanimat. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ . ◆ Hisobot davrida yigit-qizlarning asosiy diqqat-eʼtibori paxtachilikni rivojlan-tirishga, uning samaradorligini oshirishga qaratshzdi. Gazetadan .
6 Maʼlum hodisa, voqea, jarayonda oʻzga-rish sodir boʻladigan muddat. ◆ Oʻsimlik-larning oʻsish davri. n ◆ Biz avvalo oʻsimlik-larning oʻsish davrini qisqartirish va ho-sildorlikni oshirishga erishdik. "Fan va turmush" . ◆ Hosil tugish davrida gʻoʻzani chekanka qilish muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Gazetadan . ◆ Buqoqning ayni avj olgan davri ekan. I. Shamsharov, „Ziyolilar“ .
7 maxe. Takrorlanuvchi jarayon yoki xos-salarning har bir takrorlanishida uning boshlanishidan to oxirigacha oʻtadigan vaqt. ◆ Bitta toʻla tebranish uchun ketgan vaqt davr deb ataladi. “Fizika kursi” . ◆ Kalendar Kuyosh, Yer, Oy va Yupiter sayyorasi hara-katining astronomik davrlariga asoslanib tuzilgan. "Fan va turmush" . ◆ Qatorning, ele-mentlar xossasining izchillik bilan oʻzga-rishini oʻz chegarasi ichiga olgan qismini.. Mendeleyev davr deb atadi. "Kimyo" darsligi .
8 geol. Geologik sistemani tashkil qi-luvchi togʻ jinslarining hosil boʻlishiga ketgan vaqt.
9 Kishining omadi kelgan, ishi yurish-gan chogʻlar; rohat-farogʻatli zamon. ◆ Hozir bizga davr kelgan vaqt. Davrimizda oʻynab olaylik. m ◆ Davrimizda yuravermaysizmi, doʻstim, bir kishini qanotimiz tagiga ololmasak, nima qilib yuribmiz. "Mushtum" . ◆ Qoʻlingdan ketmasin davring, davroning, Oydin koʻlga qushing chuygin, Avazjon. "Avazxon" . ◆ ..hozir sizlarning davringiz, qoʻlingizdan kelganini bizning haqqimizdan ayamang. Bir kun yana bizning davrimiz kelar. S. Ayniy, „Qullar“ . ◆ Gul yuzimga, buvi, muncha termulding, Ularning davrida oʻynading-kulding. "Erali va Sherali" .
ДАВР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
davr (koʻplik davrlar)
OʻTIL
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.