Newcastle United futbol klubi — Nyukasl-upon Tayn shahrida joylashgan ingliz professional futbol klubi boʻlib, Angliya futbolining eng yuqori ligasi — Premyer-ligada oʻynaydi. Klub 1892-yilda Nyukasl Ist End va Nyukasl Vest End birlashishi natijasida tashkil etilgan. Jamoa uy uchrashuvlarini Nyukasl markazidagi Sent Jeyms Parkda oʻtkazadi. Hillsborough fojiasi ortidan yozilgan Taylor dokladida barcha Preymer-liga klublari toʻliq oʻrinli stadionlarga ega boʻlishi haqidagi talabidan soʻng, 1990-yillarning oʻrtalaridagi qayta taʼmirdan soʻng maydon sigʻimi 52 305 ega oshdi.