Miokardiodistrofiya, kardiomiopatiya — yurak muskuli (miokard)ning yalliglanmasdan, balki moddalar almashinuviiint buzilishi tufayli zararlanishi. Qon elektrolit tarkibining buzilishi, kislota-ishkrr muvozanatining oʻzgarishi va boshqa kasalliklar tufayli vujudga keladi. M. yurak ishi yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkin. M.da miokardning qisqarish fa-oliyati susayadi, lekin unda morfologik oʻzgarishlar kuzatilmaydi. M.ga ekzogen va endogen omillar tufayli roʻy bergan M. ajratiladi. M.da asta-sekin rivojlanadigan yurak yetishmovchiligiga xos klinik alomatlar, yurak sohasida uzoq davom etadigan suyet ogʻriq va boshqa kuzatiladi.
yurak muskullari (miokard)nnng yalligʻlanishi, bu, odatda, yurak faoliyati yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin
Miokardit – yurak muskullari (miokard)nnng yalligʻlanishi, bu, odatda, yurak faoliyati yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. M.ga, koʻpincha, oʻtkir infeksion kasalliklar, surunkali infeksiyalar sabab boʻlib, asosida allergik oʻzgarishlar yotadi. M.ning oʻtkir, oʻrtacha yoki surunkali, shuningdek, yuqumli allergik xili farq qilinadi. M.da yurak muskullarining tuzilishi oʻzgaradi, kasallikning yengil xilida bu oʻzgarish butunlay yoʻqolib ketishi mumkin. Ogʻir xilida esa muskul tolalarining bir qismi yemiriladi va ular oʻrni chandiklanib, kardioskleroz paydo boʻladi.
Miokard infarkti - bu yurak toj arteriyalarining tromb bilan berkilib qolishi yoki ularning siqilishi oqibatida, yurakni muskul qavatini qon bilan taʼminlanishini buzilishi natijasida yurak muskul qavatini nekrozga uchrashi. Bu kasallik bilan 45—60 yoshdagi kishilar kasallanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan miokard infarktiga ko‘p chalinadilar, 40—50 yoshdagi erkaklar besh barobar ko‘p kasal boʻlishadi. Keyingi yillarda miokard infarkti kasalligi tobora ko‘payib boryapti. Ayniqsa, 45-60 yoshdagi kishilar o‘rtasida miokard infarkti ko‘p uchramoqda. Erkaklar ayollarga nisbatan miokard infarktiga ko‘p chalinadilar. 40- 50 yoshdagi erkaklar besh barobar ko‘p kasal bo'ladilar. Ayollar erkaklarga nisbatan o‘rta hisobda 10-15 yil kech kasal boiadilar. 40 yoshga toʻlmagan navqiron kishilar orasida ham miokard infarktiga uchraganlar ko‘p. Miokard infarkti aksariyat ateroskleroz, gipertoniya, qandli diabet bilan kasallanganlarda ko‘proq kuzatiladi.