Layli va Majnun - fors-turkiy romantik dostonidir. Chunki bu dostonlarni dastlab fors tarixiy asari „Shohnoma“da (Firdavsiy), keyinchalik shoir Nizomiy Ganjaviyning „Xusrav va Shirin“ dostonida va buyuk turkiy shoir Alisher Navoiyning beshligi boʻlmish ''Xamsa"sida uchraydi. Voqeiy boʻlmish bu hikoya Navoiyning ''Xamsa"sida Qays ibn al-Mulavvo ismli arab yigitining Layli ismli qiz bilan ishqiy munosabatlari yoritiladi. Oʻgʻlining bu qizga uylanishiga qarshi chiqqan otasining tazyiqlari va ayriliq tufayli Qays aqldan ozib, devona boʻladi.
"Layli va Majnun" - Alisher Navoiy "Xamsa"sining uchinchi dostoni (1484). U 3623 baytdan iborat boʻlib, shu mavzudagi dostonlarga xos aruz vaznining "hazaji musaddasi axrabi mak,buzi mahzuf" baxrida yozilgan. Navoiy ushbu dostonni turkiy tilda yaratgan birinchi muallifdir. Alisher Navoiy Layli va Majnun sarguzashtlarining anʼanaviy syujet chizigʻini saqlab qolgan holda voqealarga yangicha ruh va mazmun baxsh etdi hamda dostonga yangi timsollar kiritdi. Alisher Navoiy Layli va Majnun afsonasidan libos sifatida foydalanib, doston mazmuniga oʻz falsafiy qarashlarini sing-dirib yuborishni maqsad qilganini taʼkidlaydi. Doston Sharq mumtoz adabiyotining anʼanalariga muvofiq ikkita: zohiriy (ochiq) va botiniy (yashirin) maʼnolarga ega. Zohiriy maʼno oddiy oʻquvchiga ham tushunarli boʻlib, unda ikki yosh muhabbati oʻz ifodasini topgan. Botiniy maʼno esa ramziy-majoziy tasvirlarga oʻralgan boʻlib, unda muallifning falsafiy qarashlari aks etgan. Navoiy dostonning ilk bobidayoq oʻquvchiga oʻz ramzlarining kalitini taqdim etadi. Yaʼni u Laylining manzar ligini, Majnun esa Iloh ishqida aqldan ajraganini taʼkidlaydi. Bundan Alisher Navoiy "L. va M."ining botiniy mazmunida majoziy ishq sinoatlari aks etganligi anglashiladi. Alisher Navoiy "L. va M."ni nafaqat mazmunan, balki badiiy jihatdan ham ushbu mavzudagi dostonlarning sarasiga aylantirdi. Navoiyning "L. va M."idan soʻng xalqimizda ushbu dostonning koʻplab folklor variantlari ham vujudga keldi. Xalqning dostonga boʻlgan qiziqishi natijasi oʻlaroq, 19-asrda Umar Boqiy tomonidan "L. va M."ning nasriy muxtasar bayoni yaratiddi. "L. va M." dostoni asosida sahna asarlari va videofilm ham bor.