„Jungli kitobi“ — ingliz yozuvchisi Rudyard Kipling qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Ilk bor 1894-yil chop etilgan. Asarda va uning davomi boʻlmish „Ikkinchi jungli kitobi“da (1895) junglida boʻrilar katta qilgan Mowgli (talaffuzi: Maugli) ismli bola haqida hikoya qilinadi.