Himolay — Yer sharidagi eng baland togʻ sistemasi, Hindiston, Xitoy, Nepal, Butan va Pokiston hududlarida, shim.da Tibet togʻligi bilan jan.da Hindgang tekisligi oraligʻida joylashgan. Uz. 2400 km dan ziyod, eni 350 km gacha. Tizmalarining oʻrtacha bal. 6000 m, eng baland joyi 8848 m. 11 ta choʻqqisining balandligi 8000 m dan ziyod. Himolay aniq morfologik va tabiiy geografik chegaralarga ega: shimolida Hind va Sangpo (Brahmaputra) daryolari yuqori oqimlarining koʻndalang tektonik vodiylari, shim.-gʻarbida Hinduraj tizmasi, sharqida Brahmaputra daryosi darasi. Himolay — Markaziy Osiyo choʻllari va Jan. Osiyo tropik land-shaftlari oʻrtasidagi yirik orografik, iqlim va flora toʻsigʻi hisoblanadi.
Himolay mushugi — Fors mushugiga oʻxshash uzun yungli mushuk zoti hisoblanadi. Baʼzi joylarda Himolay mushugini siam mushugining uzun yungli turi yoki fors mushugining rang-barang turi sifatida tasniflashadi. Butunjahon mushuklar federatsiyasi ularni Colorpoint Shorthair va Javanese zotlari bilan birlashtirib, Colorpoint yagona zotiga aylantirgan.