Harry Potter va ajal tuhfasi: 1-qism — 2010-yilda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika fantastik filmi. Film gʻoyasi J. K. Rowlingning 2007-yilda yozilgan Harry Potter va ajal tuhfasi kitobiga asoslangan hisoblanadi.
Harry Potter va ajal tuhfalari ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub fentezi janridagi romandir. Harry Potter romanlar seriyasidagi yettinchi va soʻnggi kitobdir. 2007-yil 17-iyulda Birlashgan Qirollikda Bloomsbury Publishing nashriyoti tomonidan, AQShda Scholastic nashriyoti tomonidan hamda Kanadada Raincoast Books nashriyoti tomonidan chop etilgan. Roman Harry Potter va tilsim shahzodasi (2005) kitobidagi voqealardan keyin sodir boʻlgan voqealar hamda sehrgarlar — Harry Potter va Lord Voldemort oʻrtasidagi yakuniy jang haqida hikoya qiladi.
Harry Potter va ajal tuhfasi: 2-qism — 2011-yilda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika fantastika filmi. Film gʻoyasi J. K. Rowlingning Harry Potter va ajal tuhfasi kitobiga asoslangan hisoblanadi.