From Wikipedia, the free encyclopedia
Ziradoshlar, soyabonguldoshlar (Apiaceae) — ikki urugʻpallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Asosan, bir yillik yoki koʻp yillik oʻtlardan iborat. Tropik va subtropik mamlakatlarda oʻsadigan ayrim turlari buta. Poyasi, asosan, tik usadi. Koʻpchiligining barglari murakkab, turli darajada qirqilgan. Gullari mayda, oq, koʻkishsariq yoki och qizil rangli, koʻpincha murakkab soyabonsimon toʻpgullarga yigʻilgan. Soyaboni oddiy yoki murakkab, uzunligi 1 metrgacha yetadi. Har bir soyabonda bir nechtadan gul oʻrnashadi. Pishgan mevasi 2 ta mevachaga ajralib, mevabandda osilib turadigan qoʻsh pistachadan iborat. Asosan, Yer yuzining quruq mintaqalarida tarqalgan. 300 ga yaqin turkumi, 3000 dan ortiq turi bor. Oʻzbekistonda 69 turkumi va 198 turi oʻsadi. Ziradoshlarning ayrim turlari (masalan, zira, kashnich, sabzi, sumbul, shivit, kovrak, arpabodiyon, alqor va b.) tarkibida (koʻpincha, meva va barglarida) hil maxil efir moylari boʻlgani uchun ulardan qadimdan foydalanib kelinadi. Tibbiyot, parfyumeriya va oziqovqat sanoatida ishlatiladi. Baʼzi turlari (mas, sassiqalaf) zaharli, baʼzilari ekinlar orasida begona oʻt sifatida usadi
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.