From Wikipedia, the free encyclopedia
Yumronqoziqlar — tiyinsimonlar oilasiga mansub kemiruvchilar urugʻi. Tanasi 14—40 sm, dumi 4— 25 sm. Rangi oqish, qum rangda, qoʻngʻir kulrang va boshqalar tusda. Yevrosiyo va Shimoliy Amerika pasttekisliklari, togʻli choʻllari, qisman choʻl, tundra va togʻlarda (3500 m gacha) tarqalgan. 20 dan koʻproq turi bor. Shundan sariq yumronqoziq Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo choʻllarida uchraydi. Hamma Yu. kunduzi faol hayot kechiradi. Kishda uyquga kiradi. Koʻpchiligi koloniya boʻlib yashaydi. Oʻsimliklarning yer usti va osti qismlari bilan oziqlanadi; urugʻlarini yigʻadi. Yiliga bir marta urchiydi, 5—8 bola tugʻadi. Koʻpchilik Yu. donli oʻsimliklarning xavfli zararkunandasi va qator kasallik qoʻzgʻatuvchilarning tabiiy tashib yuruvchisidir. Yirik turlari terisi uchun ovlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.