Yakunlovchi hujjat, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashining Yakunlovchi hujjati — xalqaro shartnoma. 1975 yil 1 avgustda Xelsinki shahrida Yevropaning 33 davlati, AQSH va Kanada rahbarlari imzolagan. Yakunlovchi hujjatning toʻla hajmda va bir butun holda bajarilishi lozim boʻlgan asosiy qoidalari: 1) Yevropada xavfsizlikni taʼminlash; 2) iqtisodiyot, fan va texnika sohalarida hamkorlik, atrof muhitni muhofaza qilish; 3) gumanitar va boshqalar sohalarda hamkorlik qilish; 4) kengashdan keyin yanada olgʻa qadamlar qoʻyish. Yakunlovchi hujjatda oʻzaro munosabatlar va hamkorlik normalarini belgilovchi 10 tamoyil boʻlib, ular quyidagilar: s.uveren tenglik; suverenitetga xos huquqlarni himoya qilish; kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlataman deb doʻqpoʻpisa qilmaslik; chegaralar daxlsizligi; hududiy butunlik; janjallarni tinch yoʻl bilan hal qilish; ichki ishlarga aralashmaslik; inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmatlash; xalqlar teng huquqligi va ularning oʻz taqdirini oʻzi xohlagancha hal qilish huquqi; davlatlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish; xalqaro huquqiy majburiyatlarni bajarish. Yakunlovchi hujjat — Yevropani mustahkam tinchlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari oʻrnatilgan qitʼaga aylantirishning muhim omiliga aylandi. 1992 yil martgacha 51 davlat Yakunlovchi hujjatga imzo chekkan. Yana q. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.