Hyuston
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xyuston — AQShning janubiy qismidagi shahar, Texas shtatida. Aholisi 1,95 mln. kishi (2000). AQShning yirik neft va galla porti (yiliga 120 mln. t yuk ortibtushiriladi). Dengiz kemalari qatnaydigan kanal orqali Meksika qoʻltigʻi va Galveston avanporta bilan bogʻlangan. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. AQSH jan.ning eng yirik sanoat markazlaridan. Neft, gaz, oltingugurt qazib olinadi va qayta ishlanadi (sintetik kauchuk, plastmassa, organik va neorganik ximikatlar, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish). Qora metallurgiya rivojlangan. Neft va gaz sanoati uchun mashinalar, jihozlar va kuvurlar ishlab chiqariladi. Radioelektronika, kemasozlik, oziqovqat (jumladan, sholi oqlash), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. universitetlar, Jonson nomidagi kosmosga uchish markazi bor. Shaharga 1836-yilda asos solingan. 1840-yilgacha "mustaqil" Texas Respublikasi poytaxti boʻlgan.
Houston | |
---|---|
Shahar | |
29°45′46″N 95°22′59″W | |
Mamlakat | AQSh |
Shtat | Texas |
Okrug | Harris, Fort Bend, Montgomery |
Hukumat | |
• Mer | Annise Parker |
Maydon | 16,252 km2 (6,275 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 13 m |
Aholisi (2010 US Census) |
2 099 451(4thU.S.) |
Zichligi | 1505 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC-5, yozda UTC-4 |
Telefon kodi | 713, 281, 832 |
FIPS kodi | 48-35000[1] |
|
Houston AQShning Texas shtatida joylashgan shahardir. Harris, Fort Bend va Montgomery okruglari tarkibiga kiradi.
Aholisi
2099451(4thU.S.) nafar aholi istiqomat qiladi (2010 US Census).[2] Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1505 nafar kishi.
Geografiyasi
Maydoni — 1625,2 km2. Shundan 1552,9 km2 quruqlik, 72,3 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 13 m balandlikda joylashgan.
Manbalar
Havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.