From Wikipedia, the free encyclopedia
Xenan — Xitoydagi provinsiya, Xuanxe va Xuayxe daryolarining oʻrta va quyi oqimi havzalarida. Maydoni 167 ming km². Aholisi 93,2 mln. kishi (1999). markazi — Chenjou shahri.
Xenanning sharqiy qismi Buyuk Xitoy tekisligida, garbida Sinlin va Tayxanshan togʻlari tarmoqyaari joylashgan. Daryolari zich. Xitoyning muxim dehqonchilik rni. Asosiy ekinlari: bugʻdoy, makkajoʻxori, gaolyan, dukkaklilar, sholi. 2 yil davomida 3 marta hosil yigʻishtirib olinadi. Xenan Xebey provinsiyasi bilan birga mamlakatning asosiy paxtachilik rayoni hamdir. Shuningdek, yer yongʻoq, kunjut, togʻ yon bagʻirlarida choy ekiladi. Bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Xenanda oziq-ovqat va yengil sanoatlar rivojlangan. Kumir sanoati — ogʻir sanoatning yetakchi tarmogʻi. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, sement, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik bilan shugʻullaniladi. Xenan xududidan muhim temir yoʻllar oʻtgan. Asosiy sanoat markazlari: Chjenchjou, Loyan, Kayfin, Nanyan va boshqalar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.